Sayt qoidalari

E'lon joylash

  1. Har bir e'lon bitta mahsulot yoki xizmat haqida bo'lishi kerak.
  2. Rasmlar e'londagi mahsulotga tegishli bo'lishi kerak; boshqa saytlardan olingan rasm va suv belgilari (watermark) taqiqlanadi.
  3. Narx haqiqiy bo'lishi kerak. Soxta narx (masalan, 1 so'm) ko'rsatish mumkin emas.
  4. Bir xil e'lonni qayta-qayta joylash taqiqlanadi.
  5. E'lon 30 kun faol turadi, so'ng uni bir tugma bilan qayta faollashtirish mumkin.

Taqiqlangan e'lonlar

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan har qanday mahsulot va xizmatlar, qurol, giyohvand moddalar, soxta hujjatlar, shuningdek firibgarlik maqsadidagi e'lonlar darhol o'chiriladi va hisob bloklanadi.

Moderatsiya

Kalit Go qoidalarga zid e'lonlarni ogohlantirishsiz rad etish yoki o'chirish huquqini o'zida saqlab qoladi.