Maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 2026-yil 18-oktabr

Ushbu siyosat Kalitgo.uz sayti va «Kalitgo.uz» mobil ilovasi (Android, iOS) foydalanuvchilaridan qanday ma'lumotlar olinishi, ular nima uchun ishlatilishi va qanday himoyalanishini tushuntiradi. Xizmatdan foydalanib, siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz.

1. Qanday ma'lumotlarni olamiz

  • Hisob ma'lumotlari: ism, telefon raqami, parol (faqat shifrlangan ko'rinishda saqlanadi), ixtiyoriy profil rasmi va Telegram username.
  • Telegram: botni ulasangiz — Telegram ID raqamingiz (kirish va bildirishnomalar uchun).
  • E'lonlar: siz kiritgan matn, narx, rasmlar, ovozli tavsif va e'longa belgilagan joylashuv.
  • Xabarlar: foydalanuvchilar o'rtasidagi chat xabarlari (matn va ovozli xabarlar).
  • Kuzatuvlar va sevimlilar: saqlangan qidiruvlar va sevimli e'lonlar ro'yxati.
  • Texnik ma'lumotlar: kirish vaqti, IP manzil, qurilma, operatsion tizim va brauzer turi — hisobingizni begona kirishdan himoya qilish uchun.
  • Ilova xatolari: mobil ilovada kutilmagan xato yuz bersa — xato matni, ilova versiyasi va telefon tizimi versiyasi (nosozliklarni tuzatish uchun).

2. Telefon ruxsatlari (mobil ilova)

  • Joylashuv — faqat «Mening joylashuvim» tugmasini bosganingizda so'raladi: xaritani sizga yaqin joyga olib borish va e'longa joy belgilash uchun. Joylashuvingiz fonda kuzatilmaydi; serverga faqat e'longa o'zingiz belgilagan nuqta yuboriladi.
  • Mikrofon — faqat ovozli xabar yoki e'longa ovozli tavsif yozayotganingizda ishlatiladi.
  • Kamera va galereya — faqat siz tanlagan rasmlar e'longa yoki profilga yuklanadi.

Sevimlilar nusxasi, ko'rilgan e'lonlar, qidiruv tarixi, e'lon qoralamasi va mavzu tanlovi telefoningizning o'zida saqlanadi.

3. Ma'lumotlardan foydalanish maqsadi

  • e'lonlarni joylash, ko'rsatish va qidirish;
  • xaridor va sotuvchini bog'lash (qo'ng'iroq, chat);
  • yangi xabarlar va mos e'lonlar haqida Telegram orqali xabar berish;
  • e'lonlarni moderatsiya qilish, firibgarlik va spamga qarshi kurash;
  • hisob xavfsizligi va xizmat sifatini yaxshilash.

Biz reklama maqsadida kuzatuv qilmaymiz va ilovada uchinchi tomon reklama yoki analitika vositalari ishlatilmaydi.

4. Boshqalarga ko'rinadigan ma'lumotlar

E'loningiz (matn, rasmlar, ovozli tavsif, narx, joylashuv), ismingiz va profil rasmingiz hammaga ko'rinadi. Telefon raqamingiz «Raqamni ko'rsatish» bosilganda ko'rinadi — buni profil sozlamalarida o'chirib qo'yishingiz mumkin.

5. Uchinchi tomonlar

Shaxsiy ma'lumotlaringizni sotmaymiz va ijaraga bermaymiz. Ular faqat quyidagi hollarda boshqalarga o'tadi:

  • Telegram — botni ulasangiz, bildirishnomalar Telegram orqali yuboriladi;
  • Xarita xizmati (OpenStreetMap) — xarita ko'rsatilganda qurilmangiz xarita plitkalarini shu xizmatdan yuklaydi;
  • Server xizmati — ma'lumotlar xosting provayderi serverlarida saqlanadi;
  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda vakolatli davlat organlariga.

6. Xavfsizlik

Ilova va sayt bilan barcha aloqa shifrlangan (HTTPS) kanal orqali amalga oshadi. Parollar qaytarib bo'lmaydigan shifrlangan ko'rinishda saqlanadi. Ma'lumotlarga faqat vakolatli xodimlar kira oladi.

7. Saqlash muddati va hisobni o'chirish

Ma'lumotlaringiz hisobingiz faol ekan saqlanadi. Hisobingizni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin — hisobni o'chirish tartibi. Hisob o'chirilganda e'lonlaringiz, rasmlar, ovozli fayllar, yozishmalar va kuzatuvlar butunlay o'chiriladi. Xavfsizlik jurnallari (kirish tarixi) qonuniy talablar va firibgarlikka qarshi kurash uchun cheklangan muddat saqlanishi mumkin.

8. Sizning huquqlaringiz

Siz o'z ma'lumotlaringizni ko'rish, profil orqali tuzatish, e'lonlarni o'chirish va hisobni butunlay o'chirish huquqiga egasiz. Ma'lumotlar «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.

9. Bolalar

Xizmat 16 yoshdan kichik bolalar uchun mo'ljallanmagan va biz ulardan ataylab ma'lumot to'plamaymiz.

10. O'zgarishlar

Siyosat yangilanganda ushbu sahifada yangi sana bilan e'lon qilinadi.

11. Bog'lanish

Savollar va so'rovlar uchun:
📞 +998 50 500 93 56
✈️ @kalitGo_uz